Hindistonning turli xil yovvoyi mushuklari bilan tanishing.
Kichkina bolakay oyoq kiyimlarini bog’lash uchun katta, ammo otasiga uyni bo’yashda yordam berish uchun juda yosh. U o’zi ovqatlanadigan yoshga to’lgan, ammo onasiga ovqat tayyorlashda yordam berish uchun juda yosh. U juda yoshmi yoki juda kattami?
Suxiya Kaka taniqli qo’shiqchi edi. U Dinoo ismli dinozavr bilan uchratibdi, Dinoo uning eng katta muxlisiga aylanibdi. Ular birgalikda ajoyib juftlik bo’libdilar!
Yomg’ir va quvonch keltiruvchi bulut bilan birga sayr qiling!
Abi qo’g’irchog’ini juda yaxshi ko’radi, lekin bir kuni u qo’g’richog’ini yo’qotadi. U endi nima qiladi?
Tarul ismli bola yo’qolib qolgan va jarohat olgan o’rdakchaga yordam bermoqchi. U o’rdakchani uyiga olib boradi, lekin ular u yerda ko’proq muammolarga duch kelishadi!
Sringeri Srinivasning sochlari juda uzun edi. U har yilgi sartaroshlik kunida sochini olishni xohladi. Hamma band edi. O’sha kuni unga bu ishda kim yordam berganini hech qachon topa olmaysiz! O’qing va zavqlaning!
Ikkita bola maktabdan qaytayotganda xonqizini topibdi. Bu qanday hasharot ekan?
Tinku, Manguning fermasidagi kichkina kuchukcha edi, umuman uyqisi yo’q edi. U tunda sayrga chiqishga qaror qilib, ko’plab qiziqarli hayvonlar bilan uchrashadi.
Fil bolasi ularning uyiga yugurib kirganda, Bonuning ota-onasi unga g’amxo’rlik qiladi, lekin u esa rashk qiladi. Bonu fildan qutulishi mumkinmi yoki u ajoyib jonzot bilan do’stlashib ketadimi?